Xalqaro olimlar guruhining aniqlashicha, Sharqiy Antarktida ostida geotermal energiya manbasi bor, u muz qatlami erishiga hissa qo‘shishi mumkin. Issiqlik kelishining sababi hozircha noma’lum. Bu haqida Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Uch kilometrlik muz qatlami ostida kechayotgan jarayonlarni aniqlashga imkon bergan radiolokatsion zondlash natijalarining ko‘rsatishicha, bu yerdagi muz pastdan tepaga qarab erimoqda, erigan suv muz ostidagi ko‘llarga borib tushmoqda. Erish jarayoni minglab yoki millionlab yillar mobaynida davom etishi mumkin, u muz qatlami yo‘qolishiga ta’sir qilmaydi. Biroq, kelajakda bu jarayon mintaqani global isish ta’sirlariga nisbatan sezgirroq qilishi mumkin.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, issiqlik manbalari radioaktiv jinslar va yer qobig‘i tubidan chiqayotgan issiq suv hisoblanadi. Ammo, bu hodisa aniq sababini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi