Xitoy rahbari Si Szinpin jahon yetakchilariga ishonch darajasi bo‘yicha reytingda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh davlat rahbari Donald Trampni ortda qoldirdi. Bunday ma’lumot Italiyaning Milton Fridman instituti hisobotida keltirilgan.
Hisobot mualliflari uni 2017-2018 yillardagi bir qator siyosiy tadqiqotlar asosida tayyorlab, Si Szinpinni mamlakatda eng maksimal ishonch reytingiga ega davlat rahbari, deb atashdi. Ta’kidlanishicha, u Xitoyni jahon maydonida mustahkamlagani, shuningdek, ijtimoiy siyosati tufayli shunday natijaga erishdi.
Ikkinchi o‘rinni Putin egalladi, kuchli uchlikka esa Tramp yakun yasab berdi. Har ikki siyosatchini ma’qullash reytingi, hisobot mualliflari fikriga ko‘ra, proteksionistik siyosat bilan izohlanadi.
Shuningdek, yetakchilar beshligiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ham kiritildi.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, liberal yetakchilar jahon hamjamiyati tomonidan tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlanmoqda, ammo ular davlat ichida konservativ yetakchilar bilan taqqoslaganda, nisbatan past reytingga ega. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"