Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Xayko Maasning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Rossiya va Xitoy bilan raqobati Yevropa mamlakatlariga ta’sir o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy geosiyosiy muhit jahondagi qudratli davlatlar o‘rtasida yuz beruvchi raqobat bilan aniqlanadi.
«Ushbu musobaqa arenasi yanada aniqroq bo‘lib bormoqda: bir tomondan, iqtisodiy, Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi, savdo mojarolarining kuchayish ehtimoli bilan. Boshqa tomondan, AQSh va Rossiya, shuningdek, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi strategik raqobat», - dedi Maas.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi vaziyatda Yevropa hammadan ko‘p yo‘qotmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQShga keskin javob qaytargandi.
Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuanning bildirishicha, AQSh prezidenti huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar kengashi raisi Kevin Xassetning Xitoy Jahon savdo tashkilotidan (JST) chiqarib yuborilishi haqidagi bayonoti bema’ni va Qo‘shma Shtatlarning takabburligi isbotidir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)