27 noyabrda Simferopolning Kiyev tumani sudi Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining Kerch bo‘g‘ozida ushlangan 12 nafar harbiy dengizchisiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida 2019 yil 25 yanvargacha hibsga olish hukmini chiqardi.
Gap Andrey Oprisko, Sergey Sibizov, Yuriy Budzilo, Vladimir Tereshchenko, Viktor Bespalchenko, Vladimir Varimez, Mixail Vlasyuk, Bogdan Golovash, Sergey Chulib, Vladislav Kostishin, Sergey Popov va Roman Mokryak haqida bormoqda.
Sud yig‘ilishi uchta zalda o‘tgan va ularni 3 sudya olib borgan.
Avvalroq Qrim ombudsmeni Lyudmila Lubina hibsga olinganlar Simferopoldagi tergov izolyatoriga olib borilishlarini ma’lum qilgan.
Dengizchilarga Rossiya Jinoyat kodeksining 322-moddasi 3-qismi (oldindan til biriktirgan holda yoki zo‘ravonlik qo‘llab bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh tomonidan chegaraning noqonuniy kesib o‘tilishi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Qolgan dengizchilarga nisbatan ehtiyot chorasi 28 noyabrda chiqariladi.
25 noyabrda rossiyalik chegarachilar Kerch bo‘g‘ozida Qora va Azov dengizlari orqali Odessadan Mariupolga yo‘l olayotgan, Ukrainaga qarashli “Yani Kapu” buksiri hamda “Berdyansk” va “Nikopol” artilleriya katerlarini va ulardagi 24 dengizchini ushlashgandi. Operatsiya vaqtida ukrainalik dengizchilardan 3 nafari yaralangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”