
2015 yilgi «Moskva go‘zali» tanlovi g‘olibasi Oksana Voyevodina Malayziya qiroli Muhammad V Kelantan Sultonga turmushga chiqdi. Tantanali to‘y marosimi shu yilning 22 noyabrida «Barvikha Concert Hall» konsert zalida bo‘lib o‘tdi.
To‘y spirtli ichimliklarsiz o‘tdi. Dasturxonga esa qirol halol deb hisoblagan taomlargina tortildi. Mehmonlar qarshisiga qirol o‘z milliy kiyimida, Oksana rus milliy kiyimida chiqib kelishdi. Guvohlarning aytishicha, bu to‘y marosimi juda qiziqarli va fayzli kechgan.

Aytishlaricha, ikki yosh bir yil oldin tanishishgan. Kuyov bo‘lmish qirol doimiy tarzda sevgilisinikiga mehmonga kelib turgan. Oksana ushbu nikoh uchun musulmon dinini qabul qilgan. Oksananing qirolga tekkach, malikaga aylanish masalasi esa hukmdorlar kengashida, qirol ishtirokida hal qilinarkan. Hozircha Oksana faxrli «datin» tituliga ega bo‘ladi. Bu titulning merosga hech qanday aloqasi yo‘q va qirol uylangan har bir ayolga avtomat ravishda taqdim etiladi.

Muhammad V uchun bu birinchi nikoh emas. Ammo ilgarigi xotini bilan 10 yil burun ajrashgan. Shundan beri uylanmagan. 2016 yili esa Malayziya qiroliga aylangan.
Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Malayziyada qirol ovoz to‘plash orqali tanlab olinadi. Saylovlarda har bir shtatdan to‘qqiz nafar merosxo‘r ishtirok etadi. Ular hukmdorlar kengashiga birlashtirilgan. Demak, qirollik saylovlarida g‘alabaga erisha olishmasa-da, mamlakat qonunchiligi, hayotida faol ishtirok etishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar