Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning fikricha, hayotdagi qiyinchiliklar unga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu haqda u Ostonada chorshanba, 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan fuqarolik forumidagi nutqida aytdi, deb xabar beradi Kun.uz.
Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, u hayotning barcha og‘irliklariga chidashga majbur edi. «Men urushdan keyin butunlay qashshoqlikda yashagan oddiy qishloq yigitiman. Hech narsa yetmagan, kiyishga kiyim ham bo‘lmagan, 15 yoshimgacha to‘yib ovqatlanganimni eslay olmayman. Biroq, balki aynan shu sababdan ham men yanada sog‘lom bo‘lgandirman», - deya ta’kidlab o‘tdi u.
Nazarboyevning aytishicha, kasb-hunar texnikumida egallagan po‘lat tayyorlovchi kasbi unga juda yordam berdi. U domna pechida og‘ir sharoitlarda ishlagan: «1500 darajadagi metall, orqada - minus 40, oldinda - 1000 daraja».
Qozog‘iston yetakchisi yoshlarga mehnat qilishga tayyorgarlik ko‘rish va adolatsizlikni yengib o‘tishga o‘rganish haqida maslahat berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi