Argentinada bo‘lib o‘tgan G20 sammiti doirasida Rossiya va AQSh prezidentlarining rejalashtirilgan uchrashuvi tadbir arafasida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi tomonidan bekor qilingan edi. Bunga sabab sifatida Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa ko‘rsatilgandi.
Xullas, sammit o‘tdi, unda tegishli hujjatlar imzolandi, maxsus deklaratsiya qabul qiliindi. Biroq hozir gap bunda emas. Gap ushbu tadbir jarayonida Rossiya prezidenti V.Putin va AQSh rahbari D.Tramp baribir uchrashganida.
Ikki davlat yetakchilarining suhbati tik oyoqda, nari borsa, 10-15 daqiqa davom etgan. Ushbu holatga aniqlik kiritar ekan, Rossiya prezidentining yordamchisi Yu.Ushakov shunday dedi: «Bizning prezident borgani yo‘q, janob Trampning o‘zi uning yoniga keldi...»
Sammit nihoyasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Putin Tramp bilan bo‘lgan qisqa musohabasi haqida to‘xtalib, shuning o‘zi «Kerch bo‘g‘ozidagi holat, bundagi bizning pozitsiyamizni bevosita bildirib qo‘yish»ga yetarli bo‘lganini ta’kidladi. Pirovardida, har kim o‘z fikridan qolganini ham yashirib o‘tirmadi Vladimir Putin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi