«Rossiya 1» telekanalining 6 dekabr kungi kechki yangiliklar sonida Rossiyaning «ong ostini dasturlashtirishga» qodir texnologiyasi haqidagi syujet namoyish etildi. U «Milliy intellektual taraqqiyot» fondiga («Innopraktika» brendi ostida faoliyat yuritadi) kiruvchi Neyroinformatsion texnologiyalar markazi tomonidan ishlab chiqilgan, deb yozadi «Daryo» nashri.
Syujetda «Innopraktika» rahbari Katerina Tixonova bilan qisqa intervyu bor. Uni Reuters agentligi Rossiya prezidentining kichik qizi deb atagan edi.
Syujetda Tixonova neyromarkaz texnologiyalar sinergiyasida barpo etilganligini hikoya qiladi. «Aytish mumkinki, inson bir vaqtning o‘zida texnologiya imkoniyatlarini ham, o‘zini ham anglaydi», — deya ta’kidladi u.
Bu Tixonovaning davlat telekanaliga birinchi intervyusidir.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z qizlarining ish faoliyati haqida gapirishdan bosh tortgan edi. Shuningdek, ta’sischilaridan biri Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qizi deb taxmin etiladigan Katerina Tixonova bo‘lgan, talabalar, aspirantlar va yosh olimlarning ilmiy-loyihaviy faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi «Milliy intellektual taraqqiyot» fondi o‘z tarixidagi rekord darajali xarajatlari haqida hisobot berganligi haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi