
Sankt-Peterburg prokuraturasi xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik ikki erkak ayol kishini o‘g‘irlab ketib, shafqatsizlarcha kaltaklaganlikda ayblandi.
Aytishlaricha, ulardan biri sobiq sevgilisining yoniga borib munosabatlarni qayta tiklashga chaqirgan. Rad javobini olgach, yana bir o‘zbekistonlik do‘sti bilan birga mashinada kelib ayol uydan chiqadigan joyda kutib turgan. Chiqishi bilan kuch ishlatgan holda mashinaga o‘tqazib, ayolning tanasiga beshta xavfli zarbalar yo‘llashgan. Keyin noma’lum tomonga jo‘nab ketishgan. Ammo ularni shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari qo‘lga olgan.
Tergov jarayonida ismi-sharifi ma’lum qilinmayotgan ayol ko‘rsatmalarini o‘zgartirgandi. Shu yo‘l bilan hamyurtlariga yordam berishni ko‘zlagandi. Biroq prokuratura mavjud qonun asosida ayblov e’lon qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar