AQShda 2 ta “shoh-bomba” sinovdan o‘tkazildi (video)

Dunyo1 daqiqa o'qish4.8K
AQShda 2 ta “shoh-bomba” sinovdan o‘tkazildi (video)
AQShda ikkita o‘ta qudratli GBU-57 Massive Ordnance Penetrator (MOP) bombasi sinovdan o‘tkazildi. Sinov o‘tkazilishi videosi YouTube’dagi The Aviationist kanalida joylashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, bombalar B-2 Spirit strategik bombardimonchi samolyotidan tashlangan.

Videoda bomba samolyotdan tashlangandan keyin uning dum qismidagi stabilizatorlari ochilib, so‘ngra bomba yer tomon “sho‘ng‘iganini” ko‘rish mumkin.

GBU-57 korreksiyalanuvchi aviatsiya o‘q-dorisi hisoblanib, bunkerlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Bomba katta kuchga ega bo‘lib, bir donasi 13,6 tonna keladi va 60 metr qalinlikdagi betonni teshib o‘ta oladi. Bomba GPS-navigator bilan jihozlangan. Mutaxassislar amerikaliklar bunday “shoh-bombalar”ni Shimoliy Koreyadagi bunkerlarni yo‘q qilish uchun qo‘llanishi mumkinligini aytishadi.

GBU-57 bombasi 2007 yilda Eron va Shimoliy Koreyadagi yer osti istehkomlarini yo‘q qilish uchun ishlab chiqilgan. Biroq keyinroq Pentagonda bomba bu maqsadlar uchun yetarlicha kuchli emasligi aytilgan va u modernizatsiya qilingan. Bombani yaratishga ketgan umumiy qiymat 400 mln dollarga yaqinni tashkil qiladi.
[media=https://www.youtube.com/embed/6ZsftEfi_Fs]

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?