
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasiga ulkan meteorit quladi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.
Verxnebureinsk tumaniga tushgan meteorit juda ulkan bo‘lishi mumkin, chunki u o‘pirib yuborgan tog‘ qoyasi Bureya daryosi o‘zanini to‘sib qolgan.
Hodisa bir necha kun ilgari kimsasiz hududda sodir bo‘lgan.
«Meteorit ulkan bo‘lishi aniq, chunki daryoni 40 metrgacha to‘sib qo‘ydi, Bureya GESida bir necha kundan beri kuzatilgan suv sathi pasayishi sababi ham shundan. Voqea joyiga ikki guruh jo‘natildi, ular yo‘ldosh telefonlar va radiatsiya dozimetrlari yordamida bizga tez orada aniqroq ma’lumot berishiga umid qilaman», — «Regnum» Verxnebureinsk tumani rahbari Aleksey Maslovdan shunday iqtibos keltirdi.
Hodisadan Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi ham xabardor, qolaversa, sun’iy yo‘doshlar ham bu ishga jalb etilgan.
Xabarovsk O‘lkaMeteorit QulashiVerxnebureinsk TumaniFavqulodda VaziyatlarDaryo To‘silishiRadiatsiya DozimetrKimsasiz HududSuv SathiTez Orada O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing