Foto: «liter.kz»
Qozog‘istonning Olmaota shahri hokimligi qarori bilan shahardagi ko‘chalardan biriga O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov nomi berildi. Bu haqda «Tengrinews.kz»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.
Hokimlikning navbatdan tashqari sessiyasida 185 ta ko‘chaning qayta nomlanishi ma’qullangan. Qayta nomlangan ko‘chalardan 20 tasiga atoqli shaxslar nomlari, qolganiga esa tarixiy-geografik va milliy nomlar berilgan.
Ko‘chalar nomini qayta nomlashga aholining shikoyatlari sabab bo‘lgan. Shahardagi nomsiz yoki bir xil nomdagi ko‘chalar aholiga qiyinchilik tug‘dirgan. Misol uchun, tez yordam, politsiya chaqirtirish va shu kabi vaziyatlarda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.
Olmaotadagi 2,5 mingga yaqin ko‘chaning 349 tasi bir xil nomlarga ega bo‘lgan. Shaharda Abay nomli 12 ta, Jabayev nomli 13 ta, Rayimbek botir nomli 8 ta va shu kabi nomi bir xil ko‘chalar ko‘plab uchragan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?