
AQSh prezidenti Donald Trampning Oq uyda o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilishicha, SSSR Afg‘onistonga qo‘shin kiritgani sababli «bankrot bo‘lgan». Bu haqda TASS yig‘ilish translyatsiyasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Prezidentning eslatishicha, bundan oldin «Rossiya sovet ittifoqi bo‘lgan». Uning fikriga ko‘ra, sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kirishi «SSSRdan Rossiyani keltirib chiqardi», sababi sovet ittifoqi bu harbiy kampaniya tufayli «bankrot bo‘lgan».
Trampning qo‘shimcha qilishicha, SSSR Afg‘onistonga qo‘shinlarni bu mamlakatda bo‘lgan terrorchilar sovet ittifoqiga tahdid solgani tufayli kiritgan. «Bu keskin kurash edi. Ular [SSSR] so‘zsiz bankrot bo‘ldi. Ular sovet ittifoqidan farqli ravishda Rossiya deb atala boshlandi», - deya xulosa qilgan Tramp. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar