date
views 4 863

O‘zbek bo‘la turib o‘zimiznikini tunagan Moskvadagi taksichilar...

O‘zbek bo‘la turib o‘zimiznikini tunagan Moskvadagi taksichilar...
Moskvadagi Domodedovo aeroportidan taksiga chiqqan hamyurtimizni o‘zbek taksichilari tunab ketishdi.

— Men Toshkentdan Moskvaga uchib keldim, — deydi 25 yoshli Davronbek ismli hamyurtimiz. — Domodedovo aeroporti ichkarisidan taksilar turadigan joyga chiqib bordim. Taksichilar manzilgacha yo‘l haqi 800-1000 rubl atrofida bo‘lishini gapirib turishgandi. Bir mahal 35-37 yosh atrofidagi erkak kelib menga o‘zbek tilida murojaat etdi. Metrogacha 100 rublga olib borib qo‘yishini ham qistirib o‘tdi. Rozi bo‘ldim. Yonida yana bir o‘zbek bor edi. Aftidan u mastga o‘xshadi. Aylanma yo‘llardan biriga yetganda, taksichi negadir rulni boshqa tarafga burdi. Men darrov hayron bo‘lib to‘g‘riga ketishimiz lozimligini aytdim. U esa yoqilg‘i quyib olishi zarurligini ro‘kach qildi. Yoqilg‘i quyish shohobchasiga kirgach, yonidagi men mast deb o‘ylagan erkak uyg‘ondi-yu, picha pul berib turishimni so‘radi. Mayli deb 100 rubl pul berdim. Ammo u men jami 6750 rubl pul to‘lashim zarurligini do‘q aralash bayon qildi.

Shu tobda orqadan DAN xodimlari o‘tirgan mashina kelib qoldi. Men ichkaridan turib oynani taqillatgancha yordam so‘ray boshladim. Afsuski, politsiyachilar meni ko‘rishsa-da, xotirjamgina jo‘nab ketishdi. Taksichining yonidagi erkak esa qo‘limdagi sumka va hujjatlarni tortib oldi. Qachon aytilgan pul to‘lansa sumka va hujjatlar qaytarilishini aytdi. Iloj qancha. Do‘stlarim keyinroq ular aytgan kartochkaga 1000 dollar pul tashlab berishdi. Shundan keyin sumkam va hujjatlarimni qaytarib berishdi.

Men juda xafa bo‘lib ketdim. Axir, ular hamyurtlarim-ku! Nega bu qadar ifloslikka borishyapti? Nahotki, ularning qalbida zarracha vatandoshlik hissi bo‘lmasa?

Manba: Hordiq.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbek bo‘la turib o‘zimiznikini tunagan Moskvadagi taksichilar...