19:00 / 03.01.2019
3 638

Josuslikda gumonlanayotgan amerikalikda maxsus xizmatlar xodimlari ro‘yxati bo‘lgan

Josuslikda gumonlanayotgan amerikalikda maxsus xizmatlar xodimlari ro‘yxati bo‘lgan
Josuslikda gumonlanayotgan amerikalik Pol Nikolas Uilan Rossiya fuqarosidan davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar yozilgan axborot tashuvchi qurilmani olayotganida qo‘lga olingan. Bu haqda «Rosbalt» agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Axborot tashuvchi qurilma Uilan ijaraga olgan «Metropol» mehmonxonasidagi xonada berilgan. Unda maxfiy xizmatlar xodimlari ro‘yxati yozilgan ma’lumotlar bo‘lgan. Bir ozdan so‘ng Uilanning xonasiga FXX vakillari kirishgan va undan flesh-kartani olishgan hamda amerikalik qo‘lga olingan.

Xabar qilinishicha, Uilan o‘n yilcha avval Rossiya fuqarolari kiradigan internet resurslarda ro‘yxatdan o‘tgan. Rossiya maxsus xizmatining taxminiga ko‘ra, amerikalikning Rossiyadagi ayrim tanishlari Amerika maxsus xizmatlari tomonidan yollash uchun tanlab olingan.

Rus tilini yaxshi biladigan Uilan yaqin vaqtgacha Amerikaning BorgWarner Incorporated kompaniyasida ishlagan. U AQSh dengiz piyoda qo‘shinlarida xizmat qilgan va Iroqdagi janglarda qatnashgan.
Pol Nikolas Uilan 28 dekabr kuni Moskvada josuslik bilan shug‘ullanayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Josuslikda gumonlanayotgan amerikalikda maxsus xizmatlar xodimlari ro‘yxati bo‘lgan