Gollivudning keksa aktyorlaridan biri Silvestr Stallone Instagram’dagi sahifasida ikki karra “Oskar” sohibi, aktyor Robert De Niro bilan boks tushayotgani videosini joylashtirdi.
[media=https://www.youtube.com/embed/iiZlKXy9Ls4]
“Bir necha yil avval men Robert De Niroga boks xoreografiyasini ko‘rsatgandim. Quturgan buqa Italyan ayg‘iriga qarshimi? Sen kimning yutishiga tikkan bo‘larding?”, deb yozgan Stallone.
1980 yilda ekranlarga rejissyor Martin Skorsezening De Niro ishtirokidagi “Quturgan buqa” filmi chiqqan. Filmda aktyor afsonaviy amerikalik bokschi Jeyk Lamottaning rolini ijro etgan. Aktyor aynan shu roli uchun ikkinchi “Oskar”iga sazovor bo‘lgan.
Stallonening aktyorlik faoliyatida bunday rollardan talaygina uchraydi. Jumladan, u rejissyor Jon G.Evildsenning “Rokki” filmi va uning keyingi qismlarida suratga tushgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi