
Rossiya markaziy banki o‘zining xalqaro zaxiralari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. 2018 yilning iyun oyi oxiridagi holatga ko‘ra, AQSh Rossiya oltin-valyuta zaxiralaridagi ko‘p yillik yetakchiligini yo‘qotdi: AQSh hissasi 2018 yil mart oyidagi 43,7%dan 21,9%ga tushdi.
Rossiya aprel-may oylarida AQSh davlat obligatsiyalaridan voz kechish bo‘yicha misli ko‘rilmagan ishni amalga oshirdi: ikki oy ichida 81 mlrd dollarlik qimmatli qog‘ozlarni sotib yubordi.
Rossiya banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning ikkinchi choragi davomida markaziy bank dollardagi zaxiralarni 100 mlrd dollarga kamaytirgan. Yevro va yuandagi zaxiralarga 44 mlrddan qo‘shilgan, iyenadagi zaxiralar noldan 20,6 mlrdga yetkazilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar