00:12 / 24.01.2019
4 071

“Changyutgichlar sotuvchisi” Buyuk Britaniyaning eng boy odamiga aylandi

“Changyutgichlar sotuvchisi” Buyuk Britaniyaning eng boy odamiga aylandi
Maishiy texnika ishlab chiqaruvchi Dyson Ltd. kompaniyasi Jeyms Dayson eng boy britaniyaliklar ro‘yxati yetakchisiga aylandi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.

Reytingdagi o‘zgarishlar kompaniya bosh qarorgohini Singapurga ko‘chirib o‘tkazmoqchiligini aytgan vaqtda yuz bergan. 2019 yil boshida Dayson boyligi 4,52 mlrd dollarga ko‘paygan. Bugungi kunda uning boyligi 13,8 mlrd dollarga baholanmoqda.

Dayson daromadining keskin oshishi 2018 yildagi yaxshi natijaviy ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanmoqda: Dyson Ltd. oboroti 28 foizga, daromadi 33 foizga oshgan.

Avval reytingda yetakchi o‘rinni Ineos kimyo xoldingi asoschisi Jim Retkliff egallagan. Hozirda uning boyligi 13,1 mlrd dollarga baholanmoqda. 3-o‘rinni Vestminster gersogi Xyu Grosvenor 12,4 mlrd dollar bilan egallamoqda. Grosvenor kapitalining katta qismini Buyuk Britaniyadagi yer mulki tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Changyutgichlar sotuvchisi” Buyuk Britaniyaning eng boy odamiga aylandi