
Foto: «Newtimes.kz»
Olmaota politsiyachilari o‘tgan yil davomida avtomobillardan o‘g‘irlik bilan shug‘ullanuvchi 39 ta guruhni fosh etdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Politsiyaga ko‘ra, jami 85 kishi qo‘lga olingan. Ular hodisalar izidan, shuningdek, tezkor-tergov harakatlari natijasida ushlangan.
Avtomobillardan o‘g‘irliklar asosan hech qanday himoya vositalariga ega bo‘lmagan mashinalarda amalga oshirilishi kuzatilmoqda.
Statistika ma’lumotlarida qayd etilishicha, 2018 yil mobaynida Olmaotada talonchilikni kasb qilgan 124, bosqinchilik bilan shug‘ullangan 49 ta, avtoo‘g‘irliklar sodir etgan 39, kvartiralarda o‘g‘irliklar amalga oshirgan 27, mashinalarni olib qochishga ixtisoslashgan 16 ta guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar