«Rosgeologiya» direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Ruslan Gorring harbiy razvedkada xizmat qilgan va JARning sobiq prezidenti Jeykob Zumaning qiziga uylangan. Bu haqda Gorring bilan shaxsan tanish bo‘lgan manba Znak.com nashriga ma’lum qilgan.
Manbaning aytishicha, Ruslan Gorring Mudofaa vazirligining harbiy universitetini bitirgan. O‘qishni bitirganidan so‘ng u GRU nomi bilan tanilgan Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabining bosh boshqarmasiga ishga kirgan.
Nashr suhbatdoshining ta’kidlashicha, Gorring harbiy-texnik razvedka bilan shug‘ullangan, o‘n yil davomida JARda ishlagan.
«Rossiya Afrikadagi mavqeini strategik jihatdan kuchaytirishi lozim bo‘lgan o‘sha davrda Ruslan “o‘zini qurbon qilib” JARning sobiq prezidenti Jeykob Zumaning qiziga uylangan», — degan manba.
2009-2018 yillarda mamlakat prezidenti bo‘lgan Zuma kuyoviga ikkita olmos konini sovg‘a qilgan. Gorring ulardan birini Rossiya kompaniyasiga 100 million dollarga sotgan va boyib ketgan, degan Znak.com suhbatdoshi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi