
Bir necha kun avval g‘oyib bo‘lgan havo kemasi topilganligi haqida tasdiqlovchi ma’lumot bor.
«Kardiff Siti»ga o‘tgan, lekin hali biror marta yangi jamoasi sharafini himoya qilishga ulgurmagan Emiliano Sala haqida xabar tarqaldi. Aniqlanishicha, halokatga uchragan samolyot topilgan va bu haqda Salaning oila a’zolariga ma’lum qilingan.
Qutqaruv xizmati Sala va uchuvchining tirik ekanligiga ishonish qiyin deb hisoblamoqda. Kuzatuvchilarning ma’lumot berishiga qaraganda, havo kemasi suvga qulagan. Sovuq darajali suv harorati sababli ularning tirik qolishi ilojsiz deya ta’kidlab o‘tilgan.
Hali rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, Salaning tirik emasligi oydinlashib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik 29 yanvar kuni «Kardiff» safida «Arsenal»ga qarshi o‘ynashi kerak edi. Ammo, «Nant» jamoasidan ketgan kunining ertasiga Sala o‘tirgan xususiy samolyot Normand orollari yaqiiniga quladi va o‘shandan beri qidiruv ishlari davom etib kelayotgandi.
Manba: Championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar