Chechenistonlik taksichilar respublika bozoriga «Yandeks.Taksi» agregatori kirib kelishiga qarshilik bildirib hukumatga murojaat bilan chiqishdi, deb yozadi «Kun.uz» nashri.
Murojaat tashabbuskorlaridan biri «Groznenskoye taksi» servisi rahbari Salamu Mextiyev bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Checheniston taksichilari tayyor bozorga kirib keladigan yirik ishtirokchi bilan raqobat qilishga tayyor emas. Nashrning qayd etishicha, bu murojaatni hukumat qo‘llab-quvvatlagan.
Mazkur vaziyatga «Siniye vederki» harakati koordinatori Pyotr Shkumatov ham e’tibor qaratdi. U Facebook sahifasida agregatorlar odatda yangi hamkorlariga manfaatli hamkorlik shartlarini taklif qilishini, ammo taksopark mijozlar bazasidan mahrum bo‘lganidan so‘ng shartlarni o‘zgartirishini yozdi.
Nashrga fikr bildirgan ekspertlar ham agregatorlar ko‘pincha haydovchilarga yo‘lovchi tashish qiymatini subsidiya qilishini tasdiqlashgan. Ammo keyinchalik subsidiyalar to‘xtaydi, haydovchi uchun yo‘lovchi tashish rentabelligi esa eng quyi darajagacha tushib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi