12:26 / 05.02.2019
7 993

Sobiq siyosatchi Islomga qarshi kitob yozayotib musulmon bo‘ldi

Sobiq siyosatchi Islomga qarshi kitob yozayotib musulmon bo‘ldi
Niderlandiyalik sobiq siyosatchi, 40 yoshli Yoram van Klaveren o‘tgan yilning oktyabrida musulmonlikni qabul qildi. Bu haqda mahalliy matbuotga tayangan holda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Islomga qarshi kitob yozayotgan Klaverenning tadqiqotlar asnosida mazkur din haqidagi fikrlari o‘zgargan. Shundan so‘ng g‘ayrimusulmonlarning Islomga qarshi fikrlarini tanqid ostiga olgan kitob yozdi.

Yoram van Klaveren 2010-2017 yillarda Niderlandiya parlamentining deputati bo‘lgan. U Islom va musulmonlarga salbiy qarashlari bilan tanilgan “Ozodlik” partiyasining a’zosi edi. Partiya yetakchisi Gert Vildersning marokashlik immigrantlar haqidagi irqchilarga xos so‘zlaridan so‘ng 2014 yilda bu partiyadan ayrildi va mustaqil deputatga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq siyosatchi Islomga qarshi kitob yozayotib musulmon bo‘ldi