Rossiyaning Tyumen viloyatida 5 metrli qorbola yasaldi

Rossiyaning Tyumen viloyatida 5 metrli qorbola yasaldi
Foto: Yuliya Nachinova
Rossiyaning Tyumen viloyati Moskva shaharchasidagi hovlilarning birida balandligi besh metr keladigan qorbola topildi. Uni 19 yoshli talaba Aleksandr Melnik yasagan. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Aleksandrning aytishicha, qorning yumshoqligi unga qiyinchilik tug‘dirgan. Shuning uchun u katta miqdordagi qorni yig‘ib, bir-biriga yopishtirgan. Natijada ulkan qorbola paydo bo‘lgan.

Aslida, Aleksandr qorbolani YouTube’da e’lon qilingan «Eng baland qorbola» tanlovida qatnashish uchun yasagan. G‘olibga 100 ming rubl mukofot va’da qilingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar