AQSh prezidenti Donald Tramp kongressdagi nutqiga familiyadoshi bo‘lgan o‘quvchi Joshua Trampni taklif qildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Uilmington shahridan bo‘lgan 11 yoshli o‘quvchi sinfdoshlari familiyasi sababli uni mazah qilishlari tufayli ushbu an’anaviy marosimga taklif qilingan. Tramp nutq so‘zlagan zalda o‘quvchi AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp va miya shishi tashxisi qo‘yilgan 9 yoshli Greys Elin ismli qiz bilan yonma-yon o‘tirgan.
Prezidentning nutqi oxiriga yaqin o‘quvchi mudrab qolgan. Trampning mudrab qolgan mehmoni suratlari internetda ko‘plab qarama-qarshi izohlarga sabab bo‘lgan: Tramp tarafdorlari bu holatni kulguli deb topishgan, uning siyosiy raqiblari esa “norozilik akti” deb atashgan.
Prezidentning kongressdagi murojaatiga mehmonlarni taklif qilish an’anasi 1982 yilda Ronald Reygan prezidentligi vaqtida urfga kirgan. O‘shanda Reygan tomonidan taklif qilingan mehmonlar orasida Potomak daryosidagi ko‘prikdan tushib ketgan avtobus yo‘lovchisini qutqargan Lenni Skatnik bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi