Indoneziyada politsiyachilar o‘g‘irlikda gumonlanayotgan erkakni bahaybat bo‘g‘ma ilon yordamida qiynadilar. Havaskorlar tomonidan olingan videolavha The Guardian nashrida e’lon qilindi.
«Papuaslarni so‘roq qilishda ilonlardan foydalanish ancha keng tarqalgan amaliyot. Sem Lokon — bunga yorqin misol bo‘la oladi», — degan advokat Veronika Koman. Lavhada qo‘llari bog‘langan erkak yerda o‘tiribdi, uning bo‘ynida esa 2 metrli ilon aylanyapti. Lokonni so‘roq qilayotgan politsiyachi ilonni uning yuziga yo‘naltirarkan, necha marta mobil telefon o‘g‘irlaganini qayta-qayta so‘raydi. Rolikda agar u o‘g‘riligini tan olmasa, ilonni og‘ziga yoki ishtoni ichiga qo‘yib yuborishini aytishadi.
Bu holat jamoatchilikka oshkor bo‘lganidan keyin katta noroziliklar tug‘ildi. Natijada, politsiya uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. Amaldorlar xodimlarining bu ishlarini qattiq qoralab, ular qattiq jazolanganini bildirganlar. Mahalliy politsiya rahbari Tonni Ananda Svadayaning ma’lum qilishicha, bu qiynoq xodimlarning shaxsiy tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilib, rahbariyatning bundan xabari bo‘lmagan. Shuningdek, ilon zaharsiz va qo‘lga o‘rgatilgan bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boringIndonesian police were filmed using a two-metre long snake to interrogate a cable-tied suspect in Papua. pic.twitter.com/DfQuMrdvqr
— SBS News (@SBSNews) February 11, 2019
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi"