Tojikiston Mehnat, migratsiya va ijtimoiy bandlik vazirligi yaqinda tarqatgan xabarida, hukumat mardikorlar bozorini qonuniylashtirishga qaror qilganini ma’lum qildi. Shu tariqa ichki migrantlar rasman mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi va ijtimoiy kafolat hamda pensiyaga umid qiladi.
Mehnat vazirining o‘rinbosari Emin Sanginzoda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mardikorlar va ish beruvchilar o‘rtasida erishilgan og‘zaki kelishuvlar ularning ijtimoiy va yuridik huquqlarini kafolatlamasligini aytdi.
“Ayrim mardikorlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarga ega va ular yaxshigina pul ham ishlashadi, ammo qisqa vaqt mobaynida ish beruvchi va ishchi o‘rtasidagi norasmiy munosabatlarni barqarorlashtirishning imkoniyati yo‘q. Biz bu yo‘nalish bo‘yicha ish olib borayapmiz”, - dedi Sanginzoda.
Aholi bandligi agentligining direktor o‘rinbosari Niyoz Qurbonovning aytishicha, yollanma mehnat bozoridagi so‘rovlar shuni ko‘rsatganki, mardikorlarning o‘zlari faoliyatlarini qonuniylashtirilishini istashmaydi va bir kunda topadigan 50-100 somoni (10 dollardan ko‘p) dan qoniqish hosil qiladi.
“Biz ularga, agarda siz faoliyatingizni qonuniylashtirsangiz, u holda sizlarga ijtimoiy kafolat berilishini tushuntirmoqdamiz. Kelajak haqida, pensiya haqida o‘ylab ko‘rish kerak, biroq ular o‘zlariga hech narsa kerak emasligini, topayotgan pullari yetayotganini aytmoqda”, - deydi Qurbonov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?