
Ikkinchi marta davlat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘ygan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko saylov kampaniyasiga 70 million griven (2,5 million dollardan ortiq) mablag‘ sarfladi, u kampaniyani o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirmoqda. Bu haqda prezident shtabi vakili Oleg Medvedev ma’lum qildi.
"Ayni paytda kampaniya uchun 70 million griven sarflandi. Jami qancha mablag‘ sarflanishi hozircha aniq emas", - dedi Medvedev. Uning so‘zlariga ko‘ra, Poroshenko o‘z saylov kampaniyasini o‘zi moliyalashtirmoqda.
Ukraina prezident saylovi 31 martda bo‘lib o‘tadi. Prezidentlikka jami 44 kishi o‘z nomzodini qo‘ygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar