Qirg‘izistondan Saudiya Arabistoniga CamelFestival doirasida o‘tadigan “Ko‘chmanchilar olami” etnofestivaliga deyarli 100 chavandoz va yana shuncha ot jo‘natiladi. Bu haqda Qirg‘iziston ko‘pkari federatsiyasi prezidenti Jirgalbek Samatov ma’lum qildi.
Festival 9-23 mart kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Unda 95 dan ziyodroq davlat vakillari ishtirok etadi.
“Qirg‘izistondan 100 chavandozni oti bilan jo‘natamiz: 75 ta ko‘pkari o‘yinchilari oti, qolganlari kaskadyorlar oti. Otlar hozir vaksinatsiyadan o‘tmoqda. Xarajatlarni tashkilotchi o‘z zimmasiga olgan. Biz otlarimizni va ko‘pkari qanday o‘ynalishini namoyish qilamiz”, deb aytgan Samatov.
Samatovning aytishicha, shu munosabat bilan Saudiya Arabistonidan otlarni tashish uchun samolyotlar jo‘natilgan. Ko‘pkari o‘yinchilari boshqa samolyotda jo‘naydilar.
Festival Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir davomida davlatlar o‘z madaniyatlari, urf-odatlari va milliy sport turlarini namoyish qiladilar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi