AQShning “Dyuk Blyu Devilz” va “Shimoliy Karolina Tar Xilz” basketbol jamoalari o‘rtasidagi bahsning 33-soniyasida g‘alati hodisa ro‘y berdi.
O‘yinning ushbu vaqtida “Dyuk Blyu Devilz” vakili Sion Uilyamson parketda sirpanib, yiqilib tushdi. Oqibatda u kiyib olgan “Nike” krossovkalaridan biri yirtilib ketgan. Sportchining o‘zi esa tizzasidan jarohat olgan.
Ushbu bellashuvni AQShning sobiq Prezidenti Barak Obama tribunadagi muxlislar qatorida tomosha qilayotgan edi.
Jarohat olgan basketbolchi o‘yinni davom ettira olmay, maydonni tark etdi va uning jamoasi 72-88 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Mazkur voqea Uilyamsonga jarohat yetkazishi barobarida, “Dyuk Blyu Devilz” jamoasini eksklyuziv formalar bilan ta’minlaydigan “Nike” kompaniyasining aksiyalari narxini ham 1,5 foiz pasaytirib yuborgan.
Ma’lumot uchun, klub va kompaniya o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi 12 yilga tuzilgan.
“Biz mahsulotlarimiz sifatiga asosiy e’tiborimizni qaratamiz. Garchi bu yagona holat bo‘lsa-da, ushbu muammoni aniqlash ustida ish olib boramiz”, deya vaziyatga izoh bergan “Nike” rahbariyati.
Buning natijasida Nyu-York birjasida “Nike”ning asosiy raqobatchilari bo‘lgan “Adidas” va “Puma” aksiyalari narxi mos ravishda 0,15 hamda 1,63 foiz qimmatlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi