
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro u bilan biror kor-hol yuz bersa, mamlakat harbiylari va fuqarolarini ko‘chalarga chiqib, mamlakatni himoya qilishga chaqirdi.
“Men xalq va qurolli kuchlarga agar men bilan biror kor-hol yuz bergani haqidagi yangilikni eshitsalar, vatanni himoya qilish uchun ko‘chalarga chiqishga biror soniya shubha qilmaslikni buyuraman”, deb aytgan Maduro.
Venesuela prezidenti bu so‘zlarni uni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘chalarga chiqqan tarafdorlari oldida aytgan.
Maduro, shuningdek, mamlakatni boshqarayotgani va uni kelgusida ham boshqarishini aytgan.
“Men davlatni hozir va ko‘p yillar davomida boshqarishda har qachongidan qat’iyman, shu daraxt kabi mustahkamman”, deb qo‘shimcha qilgan Maduro. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar