14:07 / 24.02.2019
3 549

BAA hukumati fuqarolarning 100 mln. dollarlik qarzini kechib yubordi

BAA hukumati fuqarolarning 100 mln. dollarlik qarzini kechib yubordi
BAAda fuqarolarning 100 mln. dollarlik qarzi kechib yuboriladigan bo‘ldi. Bu haqda Gulfnews axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
BAA hukumati banklar bilan qarzlardan voz kechilishi bo‘yicha kelishib, 3 mingdan ko‘proq fuqarosiga yordam berishga qaror qildi.

Hukumat 13 ta bank bilan 361 mln. dirhamlik (98 mln. dollardan ko‘proq) qarzni kechib yuborishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. Ta’kidlanishicha, ushbu chora Amirliklarning barcha fuqarolari uchun munosib turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan.
Banklar vakillari bu fikrga qo‘shilishgan, bundan tashqari u BAAda joriy yilda e’lon qilingan “sabr-toqatlik yili” yo‘nalishiga mos keladi.

Ma’lum qilinishicha, bu BAAda amalga oshirilgan bunday yagona holat emas. Jumladan, mamlakatda 2012 yilda “qarz amnistiyasi” e’lon qilingan va uning doirasida qarzi 270 ming dollardan oshmagan deyarli 7 ming kishining qarzi kechib yuborilgan. Kechib yuborilgan qarzlarning umumiy qiymati 540 mln. dollarni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAA hukumati fuqarolarning 100 mln. dollarlik qarzini kechib yubordi