date
views 3 499

Yekaterinburg aeroportida «yashil yo‘lak»dan kostyumlar olib o‘tishga uringan namanganliklar to‘xtatildi

Yekaterinburg aeroportida «yashil yo‘lak»dan kostyumlar olib o‘tishga uringan namanganliklar to‘xtatildi
Foto: «Oblastnaya gazeta»
Kolsovo aeroporti bojxonachilari tijoriy maqsadlarda olib kelingan kostyumlar bilan «yashil yo‘lak»dan o‘tishga uringan Toshkent — Yekaterinburg reysining ikki yo‘lovchisini to‘xtatdi. Bu haqda «Namanganskaya pravda» nashriga tayanib, «Daryo» xabar berdi.
Ularning ikkisi ham Namangandagi tikuvchilik korxonasi vakillari ekanligi, Yekaterinburgga erkaklar kostyumlari yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish uchun kelganligi bildirilmoqda.
Taklif qilgan tomon bilan dastlabki kelishuvga binoan namanganliklar Yekaterinburgga 21 ta kostyum, shuningdek, assortimentni kengaytirish uchun matolar namunalari keltirgan.

Hozirda ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ikki ish qo‘zg‘atilgan. Mahsulotlar musodara qilingan va qiymatini aniqlash (jarima hajmi shunga bog‘liq) uchun ekspertlarga yuborilgan.
Tadbirkorlar kostyumlarni qaytarib olishlari mumkin: buning uchun jarimani to‘lab, mahsulotlarini bojxonada tegishli tartibda rasmiylashtirishlari zarur.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yekaterinburg aeroportida «yashil yo‘lak»dan kostyumlar olib o‘tishga uringan namanganliklar to‘xtatildi