Litvaning Pakruoys tumanida ovchi o‘zi bilmagan holda qunduzga o‘q uzaman deb, o‘n bir yoshli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini otib qo‘ydi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib "Daryo" xabar berdi.
Bola kasalxonaga yotqizilib, operatsiya qilingan. Hozirda u tezkor davolash bo‘limiga o‘tkazilgan.
Qishloq chekkasida joylashgan mahalliy mehribonlik uyida bir kun avval kechki payt o‘q ovozi eshitilgan. Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, otishma binoning tashqarisida sodir bo‘lgan.
Ertasi kuni tongda mahalliy aholidan ikki kishi politsiyaga murojaat qilgan. Kishilar qunduz ovlamoqchi bo‘lganini aytgan. Huquqni muhofaza qilish organlarining aniqlashicha, o‘qlardan biri uyning devorini teshib o‘tgan va bolaga tekkan.
Politsiyaning aytishicha, ovchilik qoidalari buzilgan, ya’ni ovchilar turar joy binosiga juda ham yaqin joyda ov qilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari o‘q kimning qurolidan chiqqaniga oydinlik kiritadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi