Tokiodagi Keyo universiteti qoshidagi klinikada dunyoda eng kichik vazn bilan tugʻilgan oʻgʻil bola shifokorlar parvarishidan keyin oʻzini tutib oldi.
Tugʻilganida vazni bor-yoʻgʻi 268 grammni tashkil qilgan bola shifokorlar qaroviga boshqa ehtiyoj sezmagani sababli shifoxonadan chiqarildi.
Yarim yil davomida mitti bolakay deyarli 3 kg vazn toʻplagan va hozir mustaqil ravishda nafas oladi va ema oladi.
Taʼkidlanishicha, bola ona bachadonida deyarli oʻsmagan, shu sababli shifokorlar homiladorlikning 24-haftasida uni kesarcha kesish yordamida chiqarib olishga qaror qilishgan.
Bola dunyoga kelganda ikki qoʻl kaftlaridek kelgan, uning hayotini esa maxsus qurilmalar qoʻllab-quvvatlab turgan.
Bolakay eng kam vazn bilan tugʻilib yashab keta olgan erkak jinsidagi chaqaloq sifatida qayd qilindi. Bu borada avvalgi rekordchi 274 gramm vazn bilan tugʻilgan germaniyalik bola hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi