09:17 / 28.02.2019
4 911

Serbiyada fuqaro vampirlar ustidan politsiyaga shikoyat qildi

Serbiyada fuqaro vampirlar ustidan politsiyaga shikoyat qildi
Serbiya sharqidagi Kladovo shahriga yaqin qishloqda istiqomat qiluvchi fuqaro vampirlarning doimiy tunggi tashriflaridan himoya qilishlarini so‘rab, politsiyaga shikoyat qildi. Bu haqda RIA Novosti Bor shahrining huquqni muhofaza qiluvchi idorasidagi manbasiga asosan xabar qildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, yoshi anchaga borgan erkak politsiyaga rasmiy ariza bilan murojaat etgan. O‘z arizasida bir oydan ortiq vaqt davomida har kechasi uning uyiga vampirlar tashrif buyurayotganini ma’lum qilgan. Vampirlar hujum qilish uchun emas, balki “suhbatlashish” uchun kelishgan.

Agentlik manbasining ma’lum qilishicha, fuqaro uning uyiga tunggi soat birdan ikkigacha vampirlar kelayotgani, u bilan krovatda tonggacha suhbatlashib, uxlashlarini ma’lum qilgan.
Shuningdek, erkak politsiyaga ariza bilan murojaat qilgani uchun vampirlar uni boshqa bezovta qilmaydi deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Serbiyada fuqaro vampirlar ustidan politsiyaga shikoyat qildi