
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bir ayolning boshidan shapkasini yulib olgani videosini muhokama qilishmoqda deb yozadi Kun.uz nashri.
Ma’lum qilinishicha, rolikni birinchi bo‘lib jurnalist Tatyana Visotskaya e’lon qilgan. Uning ta’kidlashicha, video Poroshenkoning 27 fevralda Zaporojega tashrifi vaqtida suratga olingan.
Videodan Poroshenko xalq bilan uchrashuv vaqtida bir ayol unga nimadir demoqchiligini, biroq Ukraina prezidenti uning boshidagi shapkasini yulib olganini ko‘rish mumkin. Foydalanuvchilar buni shaxsan Poroshenko qilganini ta’kidlashmoqda, biroq videoda ayolning shapkasini aynan Poroshenko yoki uning tansoqchisi yulib olganini ilg‘ash qiyin.
Девушка спросила у Порошенка "за что преследуете А. Шария?". И тот (Порошенко) сорвал с ее головы шапку.
Опубликовано Александром Демидовичем Среда, 27 февраля 2019 г.
- “Ayol undan “Janob prezident, menga shapka ota olmaysizmi?” deb so‘ragan. U esa haqiqiy prezident sifatida xalqqa yo‘q deya olmagan. Buning boshqa sababini ko‘rmayapman”, deb kinoya qilgan bir foydalanuvchi.
- “Pyotr irimchi. Ukrainada agar odamning boshidan bosh kiyimini yulib olsang, prezident bo‘lasan, degan udum bor”, deb kesatib olgan boshqa bir foydalanuvchi.
- “Shapkasini yechib olganmish. Kallasini shashka bilan uzib olishi ham mumkin edi”, degan boshqasi.
- “Petya, nimaga shapkani yechib olding? Marivanna bilasizmi, uning o‘zi birinchi boshladi”, deb kinoya qilishda davom etgan yana bir foydalanuvchi.
Bundan avvalroq Poroshenko Chervonogradga tashrifi vaqtida unga “Lvovugol” kompaniyasidagi qarzlar haqida savol bergan mahalliy fuqaroni “o‘z uslubida chaqib olgan”. “Men qanday balerina bo‘lsam, siz shunday konchi ekansiz”, deb tanbeh bergan Poroshenko. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar