
Amerika Qo‘shma Shtatlari kongressmenlari Rossiya prezidenti daromadlari ochiqlanishini talab etadigan "Vladimir Putinga nisbatan transparentlik to‘g‘risida"gi qonunchilik loyihasini ishlab chiqdi.
Hujjat to‘g‘risida Respublikachilar partiyasidan palata vakili Elis Stefanikga tayanib "Sof" nashri xabar qildi.
Qonunchilik loyihasiga binoan, amerika razvedkasi kongressga Rossiya prezidenti daromadlari va mol-mulki xususida ma’lumotlarni taqdim etishi lozim. Ushbu tashabbus muallifi Demokratik partiya vakillari Stefanik va Valdes Demingslardir.
Sal oldin AQSh kongressi saytida Moskvaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar kiritilishini nazarda tutuvchi (Defending American Security from Kremlin Aggression Act, DASKA) qonunchilik loyihasi e’lon qilingan edi. Ushbu hujjat iqtisodiy cheklovlarni joriy etishdan tashqari, Vladimir Putinning shaxsiy boyliklari va aktivlari to‘g‘risida hisobot tuzilishini ham nazarda tutadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar