19:28 / 01.03.2019
5 439

OAV: AQSH ISHIDdan 50 tonna oltin olib chiqdi

OAV: AQSH ISHIDdan 50 tonna oltin olib chiqdi
Amerika harbiy xizmatchilari terrorchilar bilan kelishuvlar natijasida, Suriyadan 50 tonna oltin olib chiqib ketdi, deya xabar beradi “Daryo”.

Qayd etilishicha, jangarilar oʻzida mavjud 40 tonna oltinini xavfsizligi evaziga berib yuborgan. Yana 10 tonna oltin Amerika jangarilari tomonidan ISHID jangarilarining boshqa maxfiy joylaridan topilgan.

Jurnalistlarning soʻzlariga koʻra, jangarilar oltinni Iroq va Suriya hududidan bosib olgan hamda Dayr-az-Zordagi Bahuz aholi yashash punkti atrofiga yashirgan.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning dekabrida AQSH prezidenti Donald Tramp ISHID ustidan gʻalabasi hamda mamlakatdan Amerika harbiylarini olib chiqishi haqida eʼlon qilgan. Keyinroq u ikki ming nafar harbiydan 400 nafari Suriyada qolishini aytgan.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: AQSH ISHIDdan 50 tonna oltin olib chiqdi