Jorjiya shtatining Tabiiy resurslar departamenti vakillari Bleksher koʻli yaqinidagi sugʻorish kanalidan uzunligi toʻrt metr, ogʻirligi 300 kilogramm boʻlgan alligator topilganini maʼlum qildi. Bu haqda Daryo nashri Forum Dailyʻga tayanib xabar berdi.
“Mana alligatorlarga nisbatan dasturning natijasi. Ular shunday hajmgacha oʻsishi mumkin. Alligatorlarning bunday kattalikka yetishining yagona yoʻli odamlarni chetlab oʻtishdir”, — deydi Departament vakili Melissa Kammings.
Hayvon shu darajada katta boʻlganidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari suratning haqiqiyligiga shubha qilgan. Ammo Departamentning rasmiy suratida reptiliya yonida oʻtirgan yovvoyi tabiat biologi Brent Xauz suratning haqiqiy ekanligini taʼkidlagan.
Foto: Georgia Department of Natural Resources
Alligatorni 25 fevral kuni mahalliy aholidan biri koʻrib qolgan. Shundan soʻng Xauzni u yerga chaqirtirishgan.
Xauzning soʻzlariga koʻra, alligator ular kutganidan ham kattaroq boʻlgani uchun uni kanaldan chiqarib olishga ancha vaqt ketgan. Afsuski, alligator sogʻligʻi yomon boʻlib, uning tanasidan eski oʻq izlari topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi