Buyuk Britaniyaning eng boy rassomi Demyen Xerst Las-Vegasning mashhur Palms kazinosi mehmonxonasida xona dizaynini yaratdi, deya xabar beradi “Daryo”.
Ushbu xonada bir kecha tunash 100 ming dollar turadi, kazino mijozga 1 million dollar chegarasida kredit liniyasi ochib bergan taqdirda esa bepul.
Demyen Xerst tomonidan ishlab chiqilgan Palms minorasining yuqori qismida joylashgan 836 kvadrat metrli ikki qavatli apartament “ushbu masshtabdagi zamonaviy sanʼat kolleksiyasining” yagona nusxasi sanaladi.
Foto: “ForumDaily”
Xerst, Los-Anjelesga qaraydigan osma mozaykali hovuzni oʻz ichiga olgan xonani loyihalash uchun Bentel & Bentel arxitektura firmasi bilan ishlagan. Britaniyalik rassom xona dizaynini yaratish uchun oltita asar yaratgan.
Ushbu xonada ikkita yotoq, Venus rangli marmar va maxsus Las-Vegas kafellari bilan qurilgan hammom bor. Unda aqlli uy prinsipiga asoslangan boshqaruv avtomatizatsiyasi mavjud.
Mehmonxona xizmatidan foydalanayotgan mehmonga xizmat koʻrsatish uchun haydovchi bilan avtomashina beriladi, konsert zali, tungi klub, jahon klassidagi ovoz yozish studiyasi va kurortda foydalanish uchun 10 000 dollar miqdoridagi kredit taqdim etiladi.
Bu hali hammasi emas — mehmon maxsus terapevtik tuz xonasida dam olishi, gidroterapeyali hammom qabul qilishi, ikki massaj xonasidan, eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan fitnes-markazi xizmatidan foydalanishi, 8 nafar doʻstini oshxonada yoki 17 kishilik barda 24 soat davomida mehmon qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi