Kayli Jenner. Foto: Google Photos
Shou-biznes, moda, kino va sanʼat olamining ishqibozlari sevib mutolaa qiladigan eng mashhur jurnallardan sanalgan Forbes jurnali dunyoning eng yosh milliarder ayoli kimligini eʼlon qildi.
Maqolada yozilishicha, “Eng yosh milliarder xonim” sharafli nomiga Kim Kardashyanning singlisi, 21 yoshli Kayli Jenner loyiq koʻrildi. U pardoz-andoz ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan oʻz brendiga ega va shu bilan birgalikda “Kardashyan oilasi” television realiti-shousining boshlovchisidir.
Twitterʻdagi sahifasida Kayli “bu sharafli nomga ega chiqishi kutilmagan holat boʻlgani, eʼtirof etilish insonga yoqimli tuygʻu bagʻishlashi va bu eng ajoyib yutuq ekani”ni eʼtirof etadi.
Shu bilan birga, Kayli ulkan yutuqqa erishishda ijtimoiy tarmoqlarning ham salmoqli hissasi borligini, biznesining dastlabki kunlarida uni qoʻllab-quvvatlagan obunachilari soni katta boʻlganini ham taʼkidlaydi.
Eng yosh milliarder xonim ayni paytda 2016 yilda ish boshlagan Kylie Cosmetics pardoz-andoz mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shgʻullanadigan, pul aylanmasi milliard dollar boʻlgan kompaniyaga ham egalik qiladi.
Kayli yoshlik paytida milliard dollar ishlab topgan biznes vakillari qatorida yetakchilik qiladi. Taqqoslash uchun, Facebook ijtimoiy tarmogʻi egasi Mark Sukerberg ilk milliardini qoʻlga kiritgan paytda endigina 23 yoshni qarshilagan edi.
Kayli tajribasidan kelib chiqib, sizga eng qimmatli maslahat — ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamang, ijtimoiy tarmoqdagi vaqtingizdan unumli foydalaning. Ehtimol Forbesʻning navbatdagi yuzi boʻlarsiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin