Germaniyalik “Koinot goʻzali 2017” gʻolibasi 19 yoshida vafot etdi

Germaniyalik “Koinot goʻzali 2017” gʻolibasi 19 yoshida vafot etdi
“2017 yilgi koinot yosh goʻzali” Lotte van der Zeye yigirma yoshga toʻlishiga bir kun qolganida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda uning instagramida maʼlum qilingan.

Fox news telekanalining xabar berishicha, qiz Avstriyadagi togʻ-changʻi kurortida boʻlgan.

Uni yotoqxonasida hushsiz holda topishgan. Mahalliy shifokorlar qizni sunʼiy komaga tushirishgan va Myunxendagi kasalxonaga joʻnatishgan. Qiz kasalxonada yurak xurujidan vafot etgan.

Fojianing boshqa tafsilotlari maʼlum qilinmayapti.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar