
Amerika rahbarlari Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovga nisbatan 2017 yili sanksiya eʼlon qilgan. Bunga koʻra, Qodirovning biznesiga cheklov qoʻyilishi lozim edi. Yaqinda ular yana Ramzan Qodirov masalasiga qaytib, uni rossiyalik muxolifatchi Boris Nemsovning oʻlimiga aloqadorlikda aybladi.
Shu munosabat bilan amerikaliklar Ramzan Qodirovning Saudiya Arabistoni hamda Birlashgan arab amirliklaridagi aktivlarini nazoratdan oʻtkazishga ahd qilishdi. Nazorat davomida ular albatta xatolik topishga umid bogʻlashgan.
Eslatib oʻtamiz, Amerika Qoʻshma Shtatlari Ramzan Qodirovni qotillik, inson huquqlarini qoʻpol tarzda buzganlikda ayblamoqda.
Amerika RahbarlariRamzan QodirovChecheniston PrezidentiSanksiya EʼlonBiznesga CheklovRossiyalik MuxolifatchiBoris NemsovSaudiya ArabistoniBirlashgan Amirliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing