
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari AQSH prezidenti Donald Trampni Alabamaga tashrifi vaqtida rafiqasi oʻrniga uning qiyofadoshi “xizmati”dan foydalanganlikda gumon qilishmoqda.
Tramp va uning rafiqasi Melaniya Alabamaga vayronkor tornadodan jabrlanganlarni qoʻllab-quvvatlash uchun kelishgan. Biroq baʼzi foydalanuvchilarning fikricha, Trampga rafiqasi Melaniya emas, balki uning qiyofadoshi hamrohlik qilgan.

Foydalanuvchilarning aytishicha, Trampning tashrifi vaqtida olingan suratda u bilan birga boʻlgan ayolning birinchi xonimdan pastroqligini koʻrish mumkin. Baʼzilar Melaniyaning baland poshnali tuflida yurishga odatlanganini, fotodagi ayol esa krossovkalarda boʻlganini qayd qilib oʻtishgan.
Hattoki ayolning terisi tusi ham shubha tugʻdirgan. Shundan keyin tvitterda foydalanuvchilar orasida #FakeMelania (Soxta Melaniya) xeshtegi ostida qizgʻin bahs boshlangan.
President Trump, First Lady Melania Trump land in West Palm Beach, Florida. pic.twitter.com/eVFaw4wgvg
— The Hill (@thehill) March 8, 2019
“Soxta” Melaniya haqidagi gaplar ilk bor 2017 yilda urchigan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar