
Foto: “RIA Novosti”
Gvatemaladagi aviahalokatga guvoh boʻlganlar samolyot qulashidan oldingi bir necha soniyalarni videoga olgan. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
Guvohlarning aytishicha, T-28 samolyoti qiyin tryuklardan birini amalga oshirgach, daraxtga urilib, yoʻlga qulagan.
Video tasvirlardan koʻrinib turibdiki, qulashdan oldin uchuvchilar tribunaga xavfli darajada yaqin joyga uchgan.
Shturvalda 54 yoshli Rodrigo Ibarguen va 55 yoshli Pablo Gilen boʻlgan. Uchuvchilar kasalxonaga yotqizilgan. Lekin shifokorlar ularni saqlab qola olmagan. Ular kuyish va koʻp joylari singani tufayli halok boʻlgan.
OAVning maʼlumotlariga koʻra, Ibarguen uchun bu uchinchi qulash boʻlgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar