
Buyuk britaniyalik ayol zoʻriqib ishlagani tufayli yuzi falajlanib qoldi, deya xabar bermoqda Darakchi nashri.
Lids shahrida istiqomat qiluvchi Emi Grin (Amy Green) boshi ogʻrib, tili shishib uxlashga yotadi. Buni charchaganiga yoʻyadi. Ertasiga tongda esa yuzi falajlanib uygʻonadi. Shifokorga koʻringanda, unga Bell falajlanishi tashxisi qoʻyiladi.
Shunda ham Grin ishga qatnayveradi. Tez orada yuzining oʻng tarafi umuman ishlamay qoladi. Shifokorlar uni oʻn kunlik davolanish kurslariga yotqizishadi.
Ayolning aytishicha, u hamisha zoʻriqib ishlagan va doim stress holatida boʻlgan.
Hozirda Grin sogʻ-salomat. Uning butunlay davolanishi uchun esa ikki yil muddat ketgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar