3 487
[sup]Foto: luxplanet.ua[/sup] Yaponiya hukumati Tokioda diplomatik munosabatlarga ega boʻlgan 195 mamlakat rahbarlarini yangi imperatorning taxtga oʻtirishi munosabati bilan 22 oktabr kuni boʻlib oʻtadigan tantanali marosimga taklif qilish niyatini
Foto: luxplanet.ua
Yaponiya hukumati Tokioda diplomatik munosabatlarga ega boʻlgan 195 mamlakat rahbarlarini yangi imperatorning taxtga oʻtirishi munosabati bilan 22 oktabr kuni boʻlib oʻtadigan tantanali marosimga taklif qilish niyatini bildirgan, deya xabar beradi “Daryo”.
Hozirgi 85 yoshli imperator Akixito oʻz iltimosiga binoan, taxtni 30 aprel kuni yoshi sababli tark etmoqchi. Ertasi kuni taxtni uning oʻgʻli 59 yoshli valiahd shahzoda Naruxito egallaydi. Ushbu marosim hukumatning uchta avlod vakillari bosh vazir va hukumat aʼzolari, parlamentning ikki palatasi raisi hamda Oliy sud raisi ishtirokida boʻlib oʻtadi.
Yangi imperatorning taxtga oʻtirishi munosabati bilan asosiy anʼanaviy marosimlar oktabr oyida boʻlib oʻtadi. Tantanali ziyofatga 195 mamlakatning yuqori darajali vakillari taklif etilishi rejalashtirilgan.
Konstitutsiyaga koʻra, Yaponiya imperatori davlat va xalqning birligi ramzi boʻlib, aksariyat monarxlardan farqli oʻlaroq davlat boshligʻi maqomiga ega emas. U faqat marosim funksiyalarini bajaradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin