4 953
Gonkongda ayollarni yubkasi tagini yashirin kamera yordamida suratga olgan taksichi qoʻlga olindi
Gonkongda yoʻlovchi ayollarni yashirin kamera yordamida suratga olgan Uber taksi haydovchisiga hukm oʻqildi, deb xabar bermoqda Sof.uz nashri.
2018 yilning sentyabrida politsiyachilar 44 yashar haydovchini alkogolga tekshirish uchun toʻxtatib, uning telefoni orqa oʻrindiqda uxlab yotgan yoʻlovchi ayolni koʻrsatib turganini payqab qolishadi. Avtomobil tekshiruvdan oʻtkazilganida, old oʻrindiqning orqa tomonida ikkita kamera borligi aniqlanadi. Yashirin kameralar ayollarning yubkasini tagini koʻrsatadigan qilib joylashtirilgan boʻlgan.
Uber kompaniyasi uxlab yotgan yoʻlovchi ayolning yoʻl xarajatlarini oʻz hisobidan toʻlab beradi. Maʼlum boʻlishicha, erkak uxlab yotgan ayolni 13 marta videoga olishga ulgurgan. Shuningdek, erkakning telefonidan u manzillariga eltib qoʻygan ayollar ishtirokidagi 870 ta rolik topilgan. Videolarning barchasi ayollar xabarisiz yashirin video yordamida suratga olingan boʻlgan.
Joriy yil mart oyi boshida haydovchi jamoatchilik odoblarini buzganligi va litsenziyasi boʻlmagan holda taksi haydaganini tan olgan. Erkak ayollarni oʻzi uchun suratga olganligini taʼkidlagan. Maʼlum boʻlishicha, u 10 yildan buyon boʻydoqlikda hayot kechirgan. Erkakka sud tomonidan 2 ming gongkong dollari (taxminan 267 AQSH dollari) miqdorida jarima solingan va 2 oylik qamoq jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi