23:30 / 01.04.2019
3 824

Qirgʻizistonda Putinga sovgʻa qilingan ot va itning narxi oshkor etilmadi

Qirgʻizistonda Putinga sovgʻa qilingan ot va itning narxi oshkor etilmadi
Qirgʻiziston prezidenti apparati Vladimir Putinga sovgʻa qilingan ot va itning narxi toʻgʻrisida maʼlumotlarni ochiqlamadi.

Vladimir Putin 28 mart kuni davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonga kelgandi.
Qirgʻiziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov doʻstlik belgisi sifatida Rossiya yetakchisiga orlov oti va taygan – qirgʻiz boʻribosar it bolasini sovgʻa qilgandi.

“Sovgʻa berganda, uning narxi aytilmaydi”, - deb taʼkidladi Qirgʻiziston prezident apparati tashqi siyosat boʻlimi mudiri Doniyor Sidikov.
Shuningdek, apparatda sovgʻalar kimning puliga sotib olingani toʻgʻrisida maʼlumot aytilmadi.

Qirgʻizistonda toza orlov zotli otning narxi 5 ming dollardan boshlanib, yarim million dollargacha yetib borishi mumkin.
Taygan kuchuk bolasining narxi esa 100 dollardan 700 dollarni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirgʻizistonda Putinga sovgʻa qilingan ot va itning narxi oshkor etilmadi